Jinoyat fosh etildi

Date:

Respublika miqyosida olib borilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida Surxondaryo viloyatida giyohvandlikka oid navbatdagi jinoyat aniqlandi.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari Denov tumani, Vodiy mahallasidagi yashash xonadonlarining birida qonuniy asosda tintuv o‘tkazdi. Tekshiruvda qora sellofan paketga o‘ralgan, giyohvandlik modda ekani taxmin qilingan geroin aniqlanib, ashyo­viy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Dastlabki o‘lchovlarga ko‘ra, moddaning sof vazni qariyb 700 gramni tashkil qilgan, bu esa yirik miqdordagi giyohvandlik vositasini saqlash bilan bog‘liq og‘ir jinoyat sifatida baholanmoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, giyohvand moddaning kelib chiqish manbai va tarqatishda ishtirok etgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun