Barqarorlik — doimiy nazoratda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida sovuq ob-havo sharoitida aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, shuningdek, yo‘llarda yuzaga kelayotgan muzlamalarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tezkor chora-tadbirlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida viloyat rahbari barcha sohalarda tashkil etilgan tezkor brigadalar shayligini ta’minlash, avariyaviy holatlarga zudlik bilan javob qaytarish tizimini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Mas’ul idoralarga yo‘llarni muzlamalardan tozalash, qum-tuz aralashmasi sepish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va yoqilg‘i bilan uzluksiz ta’minlash, mahallalarda yuzaga kelayotgan muammolarni joyida va tezkor hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar va talabalarning xavfsizligi hamda o‘quv xonalarining me’yoriy haroratda bo‘lishi qat’iy nazoratga olindi.

Mazkur chora-tadbirlar sovuq ob-havo sharoitida aholi hayoti va kundalik faoliyatining barqarorligini ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun