Mahalliy byudjet hisobidan…

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi joriy yil uchun mavjud imkoniyatlar va ehtiyojlardan kelib chiqib, davlat dasturlaridan tashqari 52 ta ijtimoiy soha obyektini rekonstruksiya qilish ishlariga start berdi. Xususan, ushbu tashabbus doirasida  Termiz tumanidagi 15- va 28-sonli umumta’lim maktablari mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilinadi. Har ikki maktabda 320 o‘rinli o‘quv binolari joriy ta’mirdan chiqarilishi rejalashtirilgan.

Tuman hokimi Shuxrat Qalandarov 28-sonli maktabda bo‘lib, o‘quv binolari, sinf xonalari hamda yordamchi infratuzilma obyektlarining holatini joyida o‘rgandi. O‘rganish jarayonida mas’ullarga ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda bajarish, shuningdek, o‘quv xonalarini zamonaviy talablar asosida jihozlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur ishlar ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun