“Majburlamay, qiziqtiramiz…”

Date:

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda innovatsion yondashuvlar va yangi o‘yin texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etilgan innovatsiyali o‘yinlar mashg‘ulotlarning qiziqarli, mazmunli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Innovatsion o‘yinlar — bu bolalarning mustaqil fikrlashini, ijodkorligini, muloqot ko‘nikmalarini va bilishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantiruvchi zamonaviy o‘yinlar hisoblanadi. Bunday o‘yinlar orqali bolalar bilimni majburan emas, balki qiziqish va faol ishtirok orqali o‘zlashtiradilar.
Mashg‘ulot jarayonida innovatsion o‘yinlardan foydalanish bolalarning nutqini rivojlantiradi, diqqat va xotirasini mustahkamlaydi, mayda va yirik motorikasini rivojlantiradi, ijtimoiylashuviga yordam beradi hamda jamoada ishlash va o‘z fikrini erkin ifodalash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Shuningdek, innovatsion o‘yinlar bolalarda tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish va ijodiy yondashuvni rivojlantiradi. Masalan, mantiqiy o‘yinlar, rolli o‘yinlar, interaktiv va didaktik o‘yinlar orqali bolalar real hayotga mos ko‘nikmalarni egallaydilar. Yangi innovatsiyali o‘yinlar tarbiyachi faoliyatini ham yengillashtiradi. Tarbiyachi mashg‘ulot davomida rahbar va yo‘naltiruvchi rolini bajaradi, bolalar esa faol ishtirokchiga aylanadi. Bu esa ta’lim sifatini oshiradi va mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
MTTlarida yangi innovatsiyali o‘yinlardan foydalanish zamonaviy ta’lim talabi bo‘lib, u bolalarning har tomonlama rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Bunday o‘yinlar orqali bolalarda bilim olishga bo‘lgan qiziqish ortadi, mashg‘ulotlar esa quvonch va ijobiy muhitda o‘tadi.

Dilovar Xasanova,
Termiz shahar 11-DMTT
direktor o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun