Bolalarning savodi chiqdi

Date:

Termiz shahridagi 20-sonli umumta’lim maktabining 1-“D” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Savodxonlik bayrami” ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir o‘g‘il-qizlar hayotidagi muhim bosqich — o‘qish va yozishni o‘rganish yo‘lidagi ilk yutuqlarni nishonlashga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida bolalarning sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlari, quvnoq chiqishlari ularning iqtidor va mahoratini yaqqol namoyon etdi. Har bir chiqish ularning bilimga bo‘lgan ishtiyoqi, sahna madaniyati va o‘ziga bo‘lgan ishonchi shakllanib borayotganidan dalolat berdi.
Shubhasiz, bugun ilk harflarni tanigan bu bolajonlar ertaga Vatan ravnaqiga
hissa qo‘shadigan bilimli, salohiyatli insonlar bo‘lib voyaga yetadilar.

Shaxnoza Kenjayeva,
o‘qituvchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun