Elektr ta’minoti loyihasi nazoratda

Date:

 “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barqaror infratuzilma bilan ta’minlash doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida qurilayotgan massivni elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan podstansiya loyihasi ijrosi bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida mas’ullar tomonidan loyiha amalga oshirilish jarayoni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi. Kelgusida aholining to‘liq ko‘chib kelishi va elektr energiyasiga bo‘lgan talab oshishini inobatga olib, podstansiya qurilishini belgilangan me’yorlar asosida sifatli bajarish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, loyiha yuqori sifatda amalga oshirilishi uchun tajribali va salohiyatli pudrat tashkilotlarini jalb etish zarurligi ta’kidlandi. Tashrif yakunida viloyat hokimi raisligida qurilish sohasidagi dastur va loyihalar ijrosiga bag‘ishlangan muhokama o‘tkazilib, mas’ullar tomonidan yo‘nalishlar kesimida hisobotlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun