Ko‘chatchilik maktabi joriy qilinadi

Date:

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumanidagi “Samo Mehr Ko‘chatchilik” fermer xo‘jaligi yer maydonida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Ko‘chatchilik maktabi” loyihasi bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida, xo‘jalik rahbarining ko‘chatchilikni rivojlantirish yo‘nalishida mavjud muammolari hamda yangi tashabbuslarini tingladi.

Tuman rahbari ushbu loyihani yanada takomillashtirish, sohani yanada rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorga har tomonlama amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Mazkur loyihani amalga oshirish orqali, ko‘chatchilikni yanada rivojlantirish va viloyatning barcha mahallalarida ko‘chatchilikni ommalashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu aholi bandligini oshirish va daromad manbalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirgi kunda xo‘jalikning 10 gektar maydonida, 40 turdan ziyod mevali va manzarali daraxt-buta ko‘chatlari yetishtirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun