Sportchilar munosib natijalar bilan…

Date:

Termiz shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha U–14 yosh toifasidagi kichik o‘smirlar o‘rtasida Surxondaryo viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar ishtirok etib, yuqori saviyadagi, qizg‘in va murosasiz bellashuvlarni namoyish etdilar.

Mazkur viloyat chempionatida Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham faol ishtirok etib, munosib natijalarga erishdi. Jumladan, musobaqa yakunlariga ko‘ra 2 nafar sportchi oltin medalni qo‘lga kiritib, 1 nafari kumush, 5 nafari esa bronza medallari bilan taqdirlandi.

Bellashuvlar davomida yosh dzyudochilar yuqori texnik mahorat, mustahkam jismoniy tayyorgarlik hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini yaqqol namoyon etdilar. Ushbu natijalar hududda sportga, xususan, dzyudo turini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va murabbiylar mehnatining samarasi ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun