Kelishuvlar imzolandi

Date:

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik doirasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik izchil kengayib bormoqda. Ushbu hamkorlik doirasida Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan hamda “JDB Group Limited” kompaniyasi raisi Chen Xung To boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyatida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, avvalgi kelishuvlarga muvofiq oltinga boy hududlarni birgalikda o‘zlashtirish hamda qimmatbaho ma’danlarni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvlar imzolandi. Ushbu kelishuvlar hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va investitsiya salohiyatini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun