Tizimli va manzilli…

Date:

Termiz shahrida yoshlar bilan ishlash tizimi izchil va manzilli tarzda tashkil etilib, otaliqqa olingan hamda turli sohalarga biriktirilgan yoshlar bilan doimiy muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Rahbarlar va mas’ul mutasaddilar yoshlar yashash joylariga borib, ularning holidan xabar olmoqda.

Uchrashuvlar davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari, qiziqishlari hamda mavjud muammolari atroflicha o‘rganilmoqda. Bildirilgan savollarga joyida tushuntirishlar berilib, bandlik, ta’lim, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik tashabbuslari hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda. Bunday bevosita va doimiy muloqot yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...
KunTun
KunTun