Milliy san’atga yuksak ehtirom

Date:

Bandixon tumanidagi 17-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi konsert zalida yuksak saviyada “Xorazm maqom kechasi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur madaniy tadbir milliy san’atimizning noyob namunalarini keng targ‘ib etish hamda yoshlar qalbida musiqa san’atiga bo‘lgan mehrni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Kechada Xorazm Maqom ansambli hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artistlari — aka-uka G‘ofurjon va G‘ulomjon Eshchonovlar ishtirok etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Tadbir davomida “Savti suvvora”, “Dog‘man”, “Sodirxon ushshog‘i” kabi Xorazm maqomining betakror namunalari, shuningdek Komiljon Otaniyozov, Rahmatjon Qurbonov, Ortiq Otajonov va Otajon Xudoyshukurov ijodiga mansub xalq qo‘shiqlari jonli ijroda yangradi.

“Maqom kechasi” milliy madaniy merosimizni asrab-avaylash, Xorazm maqom an’analarini keng targ‘ib etish hamda yosh avlodni san’at ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun