Loyiha faoliyati o‘rganildi

Date:

Surxon vohasining o‘ziga xos iqlim sharoiti, unumdor tuproqlari hamda mirishkor dehqonlarning boy tajribasi tufayli har yili ertapishar poliz va sabzavot mahsulotlari yurtimiz bozorlariga birinchi bo‘lib yetkazilmoqda. Shu bilan birga, ushbu mahsulotlar eksporti hajmi ham yil sayin ortib bormoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi “Muzrabot darvoza” mahallasida tadbirkor Majid Saydaliyev tomonidan tashkil etilgan issiqxona xo‘jaligida ertapishar qovun ko‘chatlari yetishtirish loyihasi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur loyiha 23,5 gektar maydonda tashkil etilgan bo‘lib, ko‘chat tayyorlashdan tortib hosil yetishtirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash orqali mahsulot sifati va hosildorlik oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 150 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan bo‘lib, bu aholi bandligini oshirish va daromad manbalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Viloyat rahbari ushbu tajribani ommalashtirish, uni yaqin mahallalardagi aholi xonadonlarida ham joriy etish, shuningdek, tadbirkorlarga har tomonlama amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun