“Do‘stlik” infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Date:

Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan Sherobod tumanidagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bir qator muhim infratuzilma loyihalari izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, mahalla hududida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida mavjud tarmoqlar rekonstruksiya qilinib, 4 dona transformator punkti o‘rnatilishi hamda 8 kilometr elektr tarmog‘i yangilanishi belgilangan. Shuningdek, mahallaning asosiy va ichki yo‘llarini mukammal ta’mirlash va asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo‘l loyihalari transport qatnovini yengillashtirish, aholi uchun qulay va xavfsiz harakat muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, mahalla hududida piyodalar yo‘lakchalarini qurish hamda energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlash bo‘yicha yangi qurilish ishlari boshlangan. Ushbu loyiha aholi xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, kechki va tungi vaqtlarda harakatlanish qulayligini oshirishga qaratilgan.

Eng yirik loyihalardan biri sifatida toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ishlari ham amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida 30 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmoqlari barpo etilib, mahalla aholisi uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun