Notarial harakatlar onlayn tarzda…

Date:

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Nizom notariuslar tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxsning vakili notarial idoraga kelmaganda masofadan videokonferensaloqa rejimi orqali notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Ya’ni notarial harakatlar videokonferensaloqa rejimida “E-notarius.uz” axborot portali hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.

Murojaat qiluvchi notarial harakatni videokonferensaloqa rejimida amalga oshirish uchun elektron tarmoqdan foydalanish shartlari bilan tanishadi va roziligini tasdiqlaydi hamda elektron tarmoqda tasdiqlashni so‘rayotgan notarial harakatning nomini aniq ko‘rsatib, zarur ma’lumotlarni to‘ldiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun