“Maqom ohanglari”da iqtidorlar namoyon

Date:

Joriy o‘quv yili davomida tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, Sherobod tuman 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “Ijod maskani” turkum tadbirlari izchil davom etmoqda. Maktabning musiqa yo‘nalishi bo‘linmasiga qarashli an’anaviy xonandalik sinfi tomonidan “Maqom ohanglari” deb nomlangan konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar milliy maqom san’atiga oid mumtoz asarlarni mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlarga yuksak estetik zavq ulashdilar. Konsertning asosiy maqsadi o‘quvchilarda milliy musiqa merosiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, maqom san’atini keng targ‘ib etish hamda yosh ijrochilarning sahna madaniyati va ijrochilik mahoratini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Oldingi sahifaAskar onalari e’zozda
Keyingi sahifaMuammosi hal

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun