“Yangiariq”liklar zamonaviy poliklinika xizmatlaridan foydalanadi

Date:

Termiz tumani tibbiyot birlashmasining Yangiariq filialiga qarashli tibbiyot muassasalari binolari yillar davomida foydalanilgani sababli jiddiy ta’mirtalab holatga kelib qolgan edi. Prezidentimiz topshiriqlari hamda viloyat hokimining tashabbuslari asosida mazkur muassasalar tubdan rekonstruksiya qilinib, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish talablariga moslashtirildi.

Xususan, hududdagi mavjud binolardan yana biri 5 milliard 225 million so‘mlik loyiha doirasida to‘liq rekonstruksiya qilinib, unda Termiz tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining Yangiariq bo‘limi joylashtirilmoqda. Yangilangan maskan 12 ming nafardan ortiq aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov mazkur obyektga tashrif buyurib, bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlari sifati hamda jihozlash jarayonlari bilan tanishdi. Mutasaddilar tomonidan binoda yaratilayotgan sharoitlar va yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan tibbiy xizmat turlari haqida axborot berildi.

Tashrif davomida mas’ullarga binoni belgilangan standartlar asosida to‘liq jihozlash, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash hamda obyektni qisqa muddatda foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun