Yangi turar joylar kompleksi barpo etiladi

Date:

Prezidentimizning hududlarni jadal rivojlantirish, aholini xavfsiz va sifatli turar joylar bilan ta’minlash hamda infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha Farmon, qaror va topshiriqlari ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida 2026-yilda ham keng ko‘lamli loyihalar boshlanmoqda.

Xususan, Termiz tumanining “Navro‘z” mahallasida tanlab olingan 26 gektar maydonda barcha zarur infratuzilmalarga ega, ijtimoiy obyektlar, ko‘ngilochar maskanlar hamda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga olgan turar joylar kompleksi qurilishi rejalashtirilmoqda.

Tuman hokimi Shuxrat Qalandarov ushbu loyiha uchun tanlab olingan maydonda olib borilayotgan yer ishlari bilan tanishdi. Mas’ullarga loyiha doirasidagi obyektlarni puxta va innovatsion yechimlar asosida takomillashtirish ko‘rsatmalari berildi.

Mazkur loyihaning Termiz xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l bo‘yida amalga oshirilishi hududning shaharsozlik qiyofasini yanada rivojlantiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun