Xavfsizlik uchun raqamli ko‘prik

Date:

Aholi xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar bilan profilaktika inspektorlari o‘rtasidagi aloqani yanada mustahkamlash maqsadida “Mening inspektorim” zamonaviy raqamli platformasi joriy etildi. Ushbu ilova orqali fuqarolar o‘z mahallasidagi profilaktika inspektori bilan bevosita va tezkor muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Platformani yuklab olib ro‘yxatdan o‘tish orqali foydalanuvchilar turli muammolar yuzasidan onlayn murojaat yo‘llashi, favqulodda vaziyatlarda SOS tugmasi orqali tezkor yordam chaqirishi mumkin. Shuningdek, ilovada inspektor faoliyatini xolisona baholash, mahalla hayotiga oid muhim masalalar bo‘yicha so‘rovnomalarda ishtirok etish imkoniyatlari ham yaratilgan.

“Mening inspektorim” platformasi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda ochiq va shaffof hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim raqamli vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun