Unutilmas uchrashuv

Date:

Termiz shahrida Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan 12-umumta’lim maktabida xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar oilalarining farzandlari uchun xayriya tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirga shahardagi 110 nafar bolajon taklif etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi yil ta’tili kunlarida bolalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish, ularning qalbida Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni yanada mustahkamlash hamda mazmunli va qiziqarli ko‘ngilochar dasturlar orqali quvonch ulashishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida bolalar she’rlar o‘qishdi, qo‘shiqlar kuylashdi, sahna ko‘rinishlarida faol ishtirok etishdi. Samimiy va iliq muhitda o‘tgan uchrashuv bolajonlar uchun unutilmas xotiralarga boy bo‘ldi.

Yakunda barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun