“Xavfsiz xonadon oyligi”: saf ko‘rigi o‘tkazildi

Date:

Qish mavsumini talafotsiz o‘tkazish, aholi hayoti va mol-mulki xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyatida “Xavfsiz xonadon oyligi” doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimligi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, shuningdek, boshqa kuch tuzilmalari va kommunal soha tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Zoom” platformasi orqali o‘tkazilgan saf ko‘rigida qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Jumladan, aholi xonadonlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, isitish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, gaz hamda yong‘in bilan bog‘liq holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, “Xavfsiz xonadon oyligi” tadbirlarini joylarda uyushqoqlik bilan, uzluksiz va talofatlarsiz o‘tkazish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun