Malakasi oshirilmoqda

Date:

Tuman va shahar umumta’lim maktablarida ta’til davrida o‘qituvchilarning vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazish maqsadida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan “Nazariyadan amaliyot sari” mavzusida 5 kunlik seminar-treninglar tashkil etildi.

Mazkur seminarlar ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda pedagoglarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Seminar-treninglar davomida har bir kunga alohida fan belgilangan bo‘lib, matematika, fizika, kimyo, informatika va biologiya fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Unda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan samarali foydalanish usullari namoyish etilmoqda.

Jarayonda fan o‘qituvchilari o‘zaro tajriba almashib, innovatsion yondashuvlar hamda kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning  samarqandlik  o‘g‘li

Vatan o‘z farzandlarini matonati, sadoqati, shijoati va beorom qalblari...

Novvoyning holiga  voy

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va...

Iste’molchilar  huquqlari: nazorat  va  natija

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lom raqobat...

Beparvolik  kechirilmaydi

Bugungi kunda viloyatimizda yangi bino va inshootlar qurilishi, ko‘p...
KunTun
KunTun