Chang-to‘zonlarning oldi olinadi

Date:

Prezidentimiz Oliy Majlisga va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetikani rivojlantirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratib, Surxondaryo viloyatida chang-to‘zonlarning oldini olish maqsadida 10 ming gektar maydonda “yashil makon” barpo etilishi ta’kidlandi.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida viloyatda amaliy ishlar boshlangan bo‘lib, Angor va Termiz tumanlari tutash hududda, M-39 xalqaro avtomagistrali bo‘yida joylashgan 220 gektar maydonda 16 million ko‘chat ekish orqali “yashil belbog‘” barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlar bilan kelgusidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi. Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida belgilangan topshiriqlar, ayniqsa, ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan vazifalar ijrosini sifatli va manzilli tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mas’ullarga “yashil belbog‘” loyihasini yuqori saviyada amalga oshirish, 10 ming gektarlik “yashil makon” uchun mos hududlarni aniqlash, ko‘chat ekishga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda iqlim va tuproq sharoitlaridan kelib chiqqan holda ekiladigan daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun