Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi ommaviy qabulni onlayn formatda shahar va tumanlar studiyalari orqali o‘tkazdi. Qabul avvalida Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomada, shuningdek, davlat rahbari huzurida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan belgilab olingan chora-tadbirlar haqida to‘xtaldi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga hududlar, sohalar va tarmoqlar kesimida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, joriy yil davomida o‘tkazilgan qabullar hamda ular orqali kelib tushgan aholi murojaatlarining ijrosi tahlil qilindi. Qayd etilishicha, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligining oshishi natijasida ularning asosiy qismi ijobiy hal etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 30 foizga kamaygan.
Viloyat rahbari bugungi qabulda ishtirok etgan fuqarolarning muammolarini manzilli o‘rganish va qonun doirasida hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalarni belgilab berdi. Har bir murojaat ijrosi viloyat, shahar va tuman darajasidagi mas’ul rahbarlarga biriktirildi.
Qabul yakunida shahar va tumanlar studiyalariga taklif etilgan 2 954 nafar fuqaro, jumladan, 573 nafar yakka yolg‘iz yashovchilar, 881 nafar ijtimoiy yordam so‘rab murojaat qilganlar hamda 1 500 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlariga Yangi yil bayrami sovg‘alari topshirildi. Barcha hududiy studiyalarda bayram dasturlari tashkil etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

