Kelgusidagi rejalar muhokamada

Date:

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda barqaror daromad manbalari bilan ta’minlash bugungi kunda hudud rahbarlari oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanining At-Termiziy mahallasida joylashgan Surxondaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga tashrif buyurib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Tashrif davomida tumandagi ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarining hisobotlari tinglandi. Jumladan, 633 nafar ishsiz yoshga biriktirilgan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, yirik savdo obyektlari, soliq va bandlik bo‘limlari hamda tijorat banklari vakillari tomonidan axborot berildi.

Viloyat rahbari yoshlar yetakchilari va mas’ullarga har bir yosh bilan individual ishlash, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri yo‘nalish belgilash, ish bilan ta’minlash va barqaror daromad manbalari yaratishda manzilli yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, texnikum bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazilib, kelgusida dual ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish usullarini joriy etish hamda chet el korxonalari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Prezident farmoni bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan...

Kompyuter jamlanmalari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi  “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini...

Strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy kompaniyalari delegatsiyalari bilan...

“Jasorat maktabi” faoliyat yuritadi

Angor tumanidagi 35-umumta’lim maktabi negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”...
KunTun
KunTun