Angor tumanidagi 35-umumta’lim maktabi negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” yoshlarning nafaqat bilim olishi, balki jismoniy va ma’naviy chiniqishi uchun xizmat qiladigan zamonaviy majmuaga aylanadi.
Loyiha doirasida ayni paytda muassasada qurilish va obodonlashtirish ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Kelajakda bu yerda yoshlar uchun zamonaviy sport o‘yingohlari va yugurish yo‘laklari, maxsus jihozlangan sinfxonalar, gimnastika shaharchasi va o‘q otish tiri hamda harbiy tayyorgarlik uchun saf maydoni foydalanishga topshiriladi.
Qurilish jarayonlari esa tuman hokimining shaxsan nazorati ostida. Ushbu maskan kelajakda yurtimiz tinchligi va ravnaqi uchun kamarbasta bo‘ladigan, haqiqiy jasorat sohiblarini tarbiyalovchi markaz bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

