“Hamroh” munosib qoʻllab-quvvatlaydi

Date:

2026-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim yangiliklar joriy etiladi. Qonunchilikka muvofiq, “Hamroh” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida ayollarning biznes tashabbuslarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha instrumentlar amaliyotga tatbiq etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan ta’sischilari tarkibida ayollar ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yoki rahbari ayol bo‘lgan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratiladi. Ushbu loyihalar kamida 10 ta yangi ish o‘rni yaratishni nazarda tutishi shart. Kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasidan 10 foiz punktgacha yuqori stavkada hamda bazaviy hisoblash miqdorining 25 ming baravarigacha bo‘lgan miqdorda taqdim etiladi.

Shuningdek, “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ tomonidan tijorat banklari ajratadigan kreditlarning 70 foizigacha bo‘lgan qismi kafolat bilan ta’minlanadi. Bu esa tadbirkor ayollar uchun kredit olishdagi moliyaviy xavflarni kamaytirib, banklar bilan hamkorlikni yanada osonlashtiradi.

Mazkur o‘zgarishlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. “Hamroh” dasturi doirasidagi yangi moliyaviy mexanizmlar ayollar biznesining barqaror rivojlanishiga xizmat qilib, mamlakat iqtisodiyotida ularning o‘rni va salohiyatini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qadriyatlar qadr topgan kun

Yurtimizda qadimdan keng nishonlanib kelayotgan Navro‘z – bahor va...

Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!

Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy...

Navro‘z sayllari xalqona shodiyonaga aylandi

Sho‘rchi tumanida qadimiy va umumxalq bayrami bo‘lgan Navro‘z keng...

Insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Eron xalqiga insonparvarlik yordami yetkazildi. Yordam...
KunTun
KunTun