Soha mehnatkashlari eʼzozda

Date:

Surxondaryo viloyatida har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida keng nishonlanadigan Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Termiz shahridagi “Grand Almaz” to‘yxonasida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, agrar soha fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida u qishloq xo‘jaligi xodimlarining viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, aholini sifatli va mo‘l-ko‘l oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi beqiyos hissasini alohida e’tirof etdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda surxondaryolik dehqon va fermerlarning fidokorona mehnati samarasida 820,7 ming tonna g‘alla, 291,1 ming tonna paxta, 2,3 ming tonna pilla, 2 million 311 ming tonna meva-sabzavot, 226,8 ming tonna go‘sht, 1 million tonnadan ortiq sut hamda 610,5 million dona tuxum yetishtirildi. Soha rivojida innovatsion yondashuvlar va ilg‘or xorijiy tajribalarning joriy etilishi muhim omil bo‘lgani ta’kidlandi.

Bayram tadbirida erishilgan yutuqlar yuksak baholanib, Prezidentimiz farmonlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilayotgan 8 nafar surxondaryolik fidoyi davlat mukofotlari — faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ilg‘or fermer, dehqon va tomorqa yer egalari “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon”, “Namunali tomorqachi” nominatsiyalari bilan, soha xodimlari esa “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” va “Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishonlari, viloyat hokimining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Tantanali tadbir to‘kin dasturxon va taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etib, qishloq xo‘jaligi xodimlariga unutilmas bayramona kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun