Firibgar fosh etildi

Date:

So‘nggi tezkor tadbirlar natijasida Surxondaryo viloyatida korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq bir qator jinoyatlar aniqlanib, gumonlanuvchi ushlangan. DXX va viloyat prokuraturasi hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirda Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor xodimi fuqarodan 400 AQSH dollarini noqonuniy olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

U Termiz tumanidagi fuqaroning 20 ming AQSH dollarini deklaratsiyasiz Tojikistonga o‘tkazib berishni va’da qilgan. Hozirda unga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 25, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur tezkor tadbir korrupsiyaga barham berish, fuqaro manfaatlarini himoya qilish va davlat organlarining ish samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun