Xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida qish mavsumida yong‘inlar va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan viloyat hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov rahbarligida navbatdagi yig‘in o‘tkazildi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shuningdek, shahar va tumanlar mas’ullari videoaloqa orqali ishtirok etdi.

Yig‘inda qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazish, energiya resurslarini uzluksiz yetkazish hamda favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, “Dolzarb 70 kunlik” profilaktik chora-tadbirlariga rasman start berildi.

Tadbir yakunida tuman hokimi Bahodir Shukurov “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy obyektlarni xatlovdan o‘tkazib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun