“Prokuror polvoni” aniqlandi

Date:

Toshkent shahridagi “Olimpiya shaharchasi”da o‘tkazilgan “Prokuror polvoni” respublika musobaqasida kuchlilar aniqlandi. Musobaqada Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimi Ulug‘bek Ismoilov +100 kg vazn toifasida tengsiz deb topilib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Prokuratura tizimi xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan 100 nafarga yaqin sobiq sportchi 5 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashdi. Bellashuvlar natijasiga ko‘ra, Surxondaryodan Ulug‘bek Ismoilov va Uchqun Mamatrahimov hamda boshqa hudud vakillari oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun