Muvaffaqiyati tahsinga loyiq

Date:

Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Aliyarova Farangiz ona tili va adabiyoti fanidan Milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Eng quvonarlisi, Farangiz bilan bir qatorda yana 50 nafar iste’dodli o‘quvchi ushbu fan bo‘yicha yuqori natija qayd etib, o‘z bilim va salohiyatini namoyon qildi.

Bu yutuq yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishlari, mehnatsevarligi va maqsad sari qat’iyat bilan harakat qilishining amaliy isboti bo‘ldi. Shuningdek, ustozlarning fidokorona mehnati, o‘quv jarayonidagi puxta tayyorgarligi, ota-onalarning doimiy qo‘llab-quvvatlashi ushbu muvaffaqiyatning muhim omili sifatida namoyon bo‘ldi.

Milliy sertifikatga sazovor bo‘lgan o‘quvchilar bugungi kunda nafaqat o‘z maktabining, balki butun tuman ta’lim sifatining yuksak darajasini ifodalab turibdi. Ularning g‘ayrati, izlanuvchanligi va bilimga chanqoqligi kelajakda ham yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch uyg‘otadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muvaffaqiyati tahsinga loyiq

Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Aliyarova Farangiz ona tili...

Suv tejalib, hosildorlik oshiriladi

So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish...

Madhiyam — faxrim

Davlat madhiyasi — xalqimizning g‘ururi, Vatanimizning sha’ni va istiqlol...

Mashg‘ulotlar ko‘lami kengaydi

Aholining xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish...
KunTun
KunTun