Bayramga tuhfa

Date:

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning barcha hududlarida ijtimoiy, iqtisodiy va sanoat sohalari obyektlari, turar joylar foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi turmush farovonligining ortishiga xizmat qiladigan ushbu obyekt Billur mahallasidagi 3,3 km. asfalt yo‘l bo‘ldi.

Xususan, Sariosiyo tumani, Billur mahallasida asfalt qoplamalarini yotqizilgan Abdulla Qahhor, Obodguzar va Tadbirkorlar Yakdillik ko‘chalari foydalanishga topshirildi. Unda tuman hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faollar va nuroniylar hamda tibbiyot sohasi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov ishtirok etib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul kun bilan qutladi hamda mahalla aholisini yangi asfalt qilingan yo‘llarning ochilishi bilan tabrikladi. Shuningdek, fidokorona mehnat qilgan mohir quruvchilarga, loyihachi va muhandislarga, yo‘plni barpo etishga munosib hissa qo‘shgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi.

Aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun