“Konstitutsiyaga sayohat” loyihasi taqdim etildi

Date:

Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllantirish va Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi va 40 qismli multfilm turkumi taqdim etildi. Ushbu loyiha Konstitutsiya normalarini ilk bor bolalar tiliga moslab tushuntirishi bilan ahamiyatlidir.

Yangi kitob va multfilmlar maktablarda Huquq darslarida qo‘llanilib, o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirda Adliya vazirligi, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi, ta’lim vazirliklari vakillari hamda jamoatchilik ishtirok etdi.

Taqdimot davomida loyihaning maqsad va vazifalariga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish qilinib, “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga foydalanish uchun topshirildi. Mazkur tashabbus yosh avlodning huquqiy bilimlarini erta yoshdan shakllantirishga qo‘shiladigan muhim hissa sifatida baholandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun