Mahorat va ijod maydoni

Date:

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida “Eko yosh ixtirochi” loyihalar tanlovi o‘tkazildi. Tadbir yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitni asrashga xizmat qiluvchi innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.Ishtirokchi talaba-yoshlar chiqindilarni qayta ishlash, energiya samaradorligini oshirish, yashil texnologiyalar yaratish va ekologik muammolarga amaliy yechimlar taklif etuvchi ishlanmalarini namoyish etdilar. Shuningdek, “Ko‘ngil ekologiyasi” mavzusidagi rasmlar tanlovi ham o‘tkazildi.50 dan ortiq talabalar tabiatni asrash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va hududlarni tozalashga bag‘ishlangan ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.Tashabbus yoshlarning ekologik mas’uliyatini kuchaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun