Marafon etadi davom

Date:

Hududlarda aholining sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini kuchaytirishga qaratilgan “Salomatlik marafoni” izchil davom ettirilmoqda. Jarqoʻrgʻon tumani, “Eskiqishloq” MFY hududidagi Surxon OSHPda o‘tkazilgan navbatdagi tibbiy ko‘riklar bunga yaqqol misoldir.

Ko‘rik davomida jami 869 nafar fuqaro professional mutaxassislar tomonidan tekshiruvdan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, 13 nafar bemorga ko‘z mikroxirurgiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti, 3 nafar bemorga travmatologik, 18 nafar bemorga urologik, 5 nafar bemorga onkologik, 2 nafar bemorga endokrin jarrohlik amaliyotlari rejalashtirildi.

Shuningdek, 25 nafar fuqaroda koronagrafiya tekshiruvlariga ehtiyoj aniqlanib, ularga viloyat bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari va tegishli tekshiruvlardan o‘tish uchun elektron yo‘llanmalar rasmiylashtirilishi belgilandi. Koronagrafiya natijalariga ko‘ra bemorlarga stentlash yoki AKSH amaliyotlari imtiyozli tartibda amalga oshiriladi.

Bu kabi profilaktik tibbiy tashabbuslar jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholining hayot sifati va tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun