“Avtomobildan xoli hududlar” ko‘paymoqda

Date:

Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekistonning barcha viloyat va shaharlarida aholiga va sayyohlarga qulay bo‘lgan, avtomobil harakati cheklangan maxsus piyodalar hududlari tashkil etildi. Ushbu zonalar aholining bemalol sayr qilishi, dam olishi va mazmunli hordiq chiqarishi uchun keng imkoniyat yaratmoqda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, piyodalar uchun xavfsiz va qulay makonlar yaratish, har bir hududda sifatli dam olish va sayyohlar harakatini yengillashtirish maqsadida respublika bo‘ylab bir qancha yo‘nalishlar “avtomobildan xoli hudud” sifatida belgilangan.

Shuningdek, bir qator hududlarda ham ushbu tashabbus izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Alpomish mahallasidan o‘tuvchi Alisher Navoiy ko‘chasining ichki yo‘li to‘liq avtomobilsiz hududga aylantirildi.

Mazkur chora-tadbirlar ichki va xalqaro turizmni rivojlantirish, piyoda sayohatlar infratuzilmasini kengaytirish, tarixiy va madaniy hududlarda xavfsiz harakatni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Natijada shaharlarimiz yanada qulay, xavfsiz va ekologik sog‘lom maskanlarga aylanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun