Prezidentning “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–214-son, 14.11.2025-y.) qabul qilindi. Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad etib tadbirkorlarning maʼmuriy xarajatlarini 90 milliard soʻmgacha qisqartirish, davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilandi.
Farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida elektron raqamli imzo kalitini berish, bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish, ayrim faoliyat turlari boʻyicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish, QQS toʻlovchisi guvohnomasini olish hamda yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qoʻyish kabi bir qator xizmatlar koʻrsatiladi.

