Nazorat samaradorlikka eltadi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon sohili” mahallasida joylashgan “Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika”da aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va dori vositalari sarfini tizim orqali nazorat qilish masalalari bo‘yicha deputatlik nazorat tadbiri o‘tkazildi. Tadbir Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-“Matonat” saylov okrugidan saylangan deputat B. Yo‘ldoshev tomonidan olib borildi.

So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tuman darajasida shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ancha kengaygani qayd etildi. Chaqiruvlarni qabul qilish jarayoni, brigadalar faoliyati va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida samaradorlik oshgani, xizmatdagi geografik cheklovlar bartaraf etilgani ta’kidlandi.

Nazorat davomida poliklinikaning kompyuter texnikalari, aloqa vositalari, uzluksiz elektr ta’minoti tizimlari, dori vositalari va tibbiy buyumlarning saqlanishi, shuningdek, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanish holati o‘rganildi.

Deputat mavjud ijobiy natijalarni e’tirof etgan holda, tibbiy xizmatni yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar berdi. Jumladan, sohaga oid idoraviy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, tez tibbiy yordamni tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar bilan to‘liq integratsiyalash, yangi shtat me’yorlariga muvofiq qo‘shimcha shtat birligini ajratish zarurligi bildirildi.

Shuningdek, tuman tibbiyot muassasalarida zarur dori vositalari va tibbiy buyumlarning yetarli bo‘lishi, reanimatsiya bo‘limlarini me’yor asosida tashkil etish, tez tibbiy yordam xizmatini radioaloqa tarmog‘i bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun