Maktablar qishga tayyor

Date:

Termiz shahar hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari tomonidan shahar hududidagi barcha ta’lim muassasalarining 2025–2026-yilgi qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Tekshiruv davomida isitish tizimlari, yoqilg‘i zaxiralari, elektr ta’minoti, shuningdek, sinfxona va yotoqxonalar gigiyenik holati ko‘zdan kechirildi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, aksariyat muassasalarda zarur ta’mir ishlari yakunlanib, isitish moslamalari soz holatga keltirilgan. Ayrim joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Maqsad — har bir o‘quvchi uchun qishda ham iliq, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini ta’minlashdir. Shahar hokimligi bu boradagi nazoratni davom ettiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun