“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

Date:

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga ko‘tariladi — “103” xizmati doirasida “Onlayn-shifokor” konsultatsiyalari tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tizim fuqarolarga zarur tibbiy maslahatlarni masofadan turib, tezkor va qulay tarzda olish imkonini yaratadi.

So‘nggi yillarda tez yordam tizimida keng ko‘lamli raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu yilning o‘zida 2,4 ming nafar dispetcher zamonaviy elektron boshqaruv tizimi asosida tayyorlanib, natijada chaqiruvlarga kechikish holatlari 1,1 foizdan 0,3 foizgacha kamaygan.

Yangi tizim joriy etilishi natijasida tez tibbiy yordam xizmatlari shifoxonalar va birlamchi tibbiyot muassasalari bilan yagona elektron platforma orqali integratsiya qilinadi.

“Onlayn-shifokor” tizimi aholiga tibbiy xizmatlardan foydalanishni yanada osonlashtiradi, shoshilinch holatlarda esa vaqtni tejab, inson hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...
KunTun
KunTun