Qarovsiz bog‘ sayilgohga aylanadi

Date:

Surxondaryoda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ishga tushirilishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, tadbirkorlik rivojlanmoqda va hududlarning iqtisodiy salohiyati ortmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida barpo etilgan “Angor karvonsaroy” savdo kompleksi faoliyati bilan tanishdi. Zamonaviy bozor infratuzilmasiga ega mazkur majmua savdogar va xaridorlar uchun barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan. Hokim tadbirkorlarni kompleks faoliyatiga keng jalb etish, biznesni barqaror yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, Sherobod tumanining “Dehqonariq” mahallasida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi ijrosi o‘rganildi. Mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholi farovonligini oshirish hamda obodonlashtirish ishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida 1991-yilda tashkil etilib, hozirda qarovsiz holatga kelgan istirohat bog‘ini zamonaviy saylgohga aylantirish loyihasi taqdim etildi. Viloyat rahbari mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun