Loyihalar ijrosi nazoratda

Date:

Denov tumanida Prezident qarorlariga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanga tashrifi chog‘ida turar joylar, biznes markazlari, tadbirkorlik obyektlari hamda yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rgandi.

Viloyat rahbari har bir obyekt holatini ko‘zdan kechirib, ishlarning borishi haqida mas’ullarning hisobotini tingladi. Shuningdek, “Denov Mall” savdo majmuasi hamda markaziy yo‘l infratuzilmasi qurilish loyihalari ijrosi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida soha rahbarlariga loyihalarni tezlashtirish, sifatni ta’minlash va belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ushbu tashrif Denov tumanini zamonaviy va qulay infratuzilmaga ega hududga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun