Kemadagi qul

Date:

Bir kuni podshoh dengiz sayohatiga chiqdi. Uning hali dengizga chiqib ko‘rmagan va yo‘l azobini tortmagan bir quli ham bor edi. Kema suvga tushirilib, to‘lqinlar ichra harakatlana boshlaganida, qulni vahima va qo‘rquv qamrab oldi. O‘z-o‘zidan qaltirab, yig‘lay boshladi. Atrofdagilar uni tinchlantirishga qancha urinmasin, qulning vahimasi sira ham bosilmadi. Buni ko‘rgan podshohning ham kayfiyati ancha buzildi. Lekin, chorasi topilmadi.

Kemada bir dono qariya bor edi. Shunda u shohga qarab:

— Sultonim amr etsalar, shu qulni o‘zim tinchlantirsam… — dedi.

— Bizga katta yaxshilik qilgan bo‘lardingiz, — dedi podshoh.

Qariya darhol: “Beliga arqon bog‘lab, dengizga uloqtiring”, — deya kemadagilarga amr qildi. Qariya aytgandek qilishdi. Uni bir necha marotaba dengizga sho‘ng‘itib olishdi. Qul og‘zi burunigacha suvga botib tipirchilay boshladi. Ma’lum muddat bu holat takrorlangach, qariya mashg‘ulotni to‘xtatdi. Ichlari suvdan to‘lgan qul kemaga chiqarildi. Ichgan sho‘r suvlarini chiqarib olganlaridan so‘ng, hushiga keldi va kemaning bir chetiga borib o‘tirdi. Va nihoyat qul tinchlandi. Endi u vahimaga tushib baqirmas va yig‘lab hammani parishonxotir qilmas edi.

Qariyaning tutgan dono tadbiridan podshoh mamnun holda so‘radi:

— Bunda qanday hikmat bor edi?

Qariya javob qildi:

— Qulingiz dengizga chiqmaganligi bois uning qiyinchiligi va cho‘kish azobini tortmagan edi. Shu sababdan kemadagi sokinlik qadrini bilmadi. Xuddi shunday, sog‘liqning qadriga bemor odam yetadi.

Hikmat

Xato yo‘lda bo‘lgan kimsaga berilgan yuzlab o‘git, uni to‘g‘ri yo‘lga solmoq uchun yetarli emas. Ammo, to‘satdan boshiga kelgan bir falokat, uning uyg‘onishiga bir sababdir.

Oldingi sahifaElektr energiyasidan daromad
Keyingi sahifaKeksa pahlavon

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Delegatsiyamiz “TTG Rimini” ko‘rgazmasida

Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan “TTG Rimini” xalqaro turizm...

Oila va mahalla qadriyatlariga bag‘ishlandi

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Denov tumanida mahalla va oilaviy...

Talabalar osh damladi

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish...

Pedagogik mahorat — hududiy taraqqiyot garovi

Termiz davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlim tizimida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy...
KunTun
KunTun