Sun’iy intellekt sud zalida

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-son Farmoni bilan sud tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha yangi bosqich belgilandi.

Endi sudga murojaatlar elektron shaklda yuboriladi, jarayonlarda ishtirokchilar masofadan turib qatnashadi, hujjatlar onlayn ko‘riladi va xarajatlar elektron tarzda hisoblanadi. Sun’iy intellekt esa sud muhokamasining taxminiy natijasini oldindan shakllantirib, majlis bayonnomalarini real vaqt rejimida yozib boradi hamda hujjatlar loyihasini tayyorlaydi.

Yil yakuniga qadar Toshkent shahrida iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy nizolarni ko‘rishga mo‘ljallangan ilk “Raqamli sud zallari” ish boshlaydi. 2026-yildan esa iqtisodiy sudlar tizimi maqbullashtirilib, tumanlararo iqtisodiy sudlar tashkil etiladi.

Mazkur islohotlar sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlab, adolatni amalga oshirish jarayonini zamonaviy raqamli bosqichga olib chiqadi.

J.Niyazov,

Bosh prokuratura boshqarma prokurori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun