Targʻibot manzili “Gulbahor”

Date:

Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori bilan belgilangan vazifalarga asosan davlat chegarasi hududlarida joylashgan mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olish hamda aholi muammolarini o‘rganish borasidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirlar Termiz tumanidagi “Gulbahor” mahallasida o‘tkazildi. Dastlab, tuman prokurori va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan ishchi guruh vaikllariga yo‘riqnoma berildi.

Shundan so‘ng, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari, harbiylar, kommunal va tibbiyot sohasi vakillaridan iborat ishchi guruhlar aholi xonadonlarida bo‘lib, profilaktik suhbatlar o‘tkazishdi. Xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va favqulodda holatlarda harakat qilish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun