Yangi spektakl muhokamada

Date:

Targ‘ibotning eng taʼsirchan va samarali vositalaridan biri bu teatr sahna sanʼati hisoblanadi. Shu bois, Surxondaryo viloyat Prokuraturasi viloyat musiqali drama teatri jamoasi bilan hamkorlikda davrning dolzarb mavzularini sahnaga olib chiqish orqali samarali targ‘ibotni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

Bu yil mamlakatimiz mustaqillikka erishganiga 34 yil to‘ladi. Bu ulug‘ neʼmatni qo‘lga kiritishda barcha jabhalardagi kabi Prokuratura tizimida faoliyat yuritgan fidoyi insonlarning ham munosib xizmatlari bor. Prokuratura tashabbusi bilan shunday fidoyi xodimlarning ibratli hayotini namoyon etish maqsadida E. Norsafar asari asosida “Tig‘ ustida yurgan odamlar” spektakli rejissor F.Boltayev, rassom U.Ismoilovlar tomonidan sahnalashtirildi.

Repertuar rejasidan tashqari sahnalashtirilgan spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mutaxassislari muhokamasidan o‘tkazilib, tavsiyalar asosida qabul qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun