Nishoni egasini topdi

Date:

Ragʻbat insonga motivatsiya beradi, kelgusi maqsadlarini yanada qatʼiylashtiradi. Ayniqsa, bu tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi insonlar orasidan tanlansa, nafaqat tadbirkor, balki el-u xalq, davlat ham ayni ragʻbatdan manfaatdor boʻlishi aniq.

Prezident tomonidan imzolangan Farmon va farmoyishiga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror o‘sishni ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirishda qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh tadbirkorlar ragʻbatlantirildi hamda davlat mukofotlari va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ular orasida olti nafar surxondaryolik tadbirkor ham bor. Viloyat hokimligida ularga davlat mukofoti va ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarni qutlab, “Shuhrat” medali va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlarini o‘z egalariga topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiyin ahvolga tushsa, yengillik beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan...

“Maromiylik” tadbirlari boshlandi

Denov tumanining “Yangi hayot” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi,...

Qarovsiz bog‘ sayilgohga aylanadi

Surxondaryoda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ishga tushirilishi...

Loyihalar yanada takomillashtiriladi

Surxondaryoda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik "To‘palang" suv...
KunTun
KunTun