Xalq uchun…

Date:

Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» shiori ostida madaniy ma’rifiy kеcha boʻlib oʻtdi. Kеchada tuman hokimligi vakillari, nuroniylar, shoirlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab harbiy qism komandiri mеhmonlarga adiblar hiyobonida bеzatilgan Surxon milliy etnomadaniyatini aks ettiruvchi joylar bilan tanishtirdi. U yerda harbiy xizmatchilar milly urf-odatlarimiz va Jadidlar bolarimizni bosib oʻtgan yoʻllarini sahna koʻrinish orqali ijro etilib, yodga olindi.

Tadbirning ikkinchi qismi harbiy qism madaniyat markazida boʻlib oʻtdi. U yerda yurt posbonlari va ularning oila a’zolari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi. Qumqoʻrgʻon tuman madaniyat uyi xodimlari tomonidan sahna koʻrinish orqali jadid bobolarimizni va boshqa ma’rifatparvarlarning yurt taraqqiyoti yoʻlida qilgan xizmatlari esga olindi.

Tadbir yakunida sanʼatkorlarning kuy-qoʻshiqlari, baxshilarning tеrma va dostonlari ishtirokchilar qalbida faxr va gʻurur tuygʻularini uygʻotdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun