Ekologik madaniyatni oshirish yo‘lida

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-184-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda unda belgilangan ustuvor vazifalarni hayotga tadbiq etish, aholining ekologik ongini oshirish va partiyaning dasturiy maqsadlarini keng jamoatchilikka targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan hududlarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Oltinsoy tumanidagi “Ekraz” mahallasi “Zarkamar” koʻchasida ekologik targʻibot oyligi doirasida navbatdagi tashabbus amalga oshirildi. Unda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi viloyat, shahar va tuman partiya tashkilotlari tashabbusi bilan mahalla ichki ko‘chalaridagi 5 kilometr masofadagi ichki ariqlarni betonlash bo‘yicha hashar uyushtirildi.

Hozirda jarayon mahalla raisi boshchiligida izchil davom ettirilmoqda. Ushbu obodonlashtirish ishlariga viloyat partiya tashkiloti tomonidan 2 tonna sement homiylik asosida ajratildi. Mahalla raisi, faol fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari ushbu hashar jarayonida o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Mutaxassislar fikricha betonlash ishlarini amalga oshirish natijasida tomorqa sugʻorish uchun keladigan suvlarining isrofgarchiligini 40 foiz miqdorda oldi olinish mumkinligi taʼkidlanadi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyati yaratildi, ariqlarni tozalash ishlari ancha qulaylashdi. Mahalla ko‘chalarining estetik qiyofasi yaxshilandi, obod muhit shakllandi.

Bunday tashabbuslar mahallalarda nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirish, birgalikdagi hamkorlik va jamoatchilik faolligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun