Bugungi kunda viloyat bo‘ylab yangi 2025–2026-o‘quv yili uchun darsliklarni tarqatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Buyurtma berilgan jami 5 million 886 ming 455 nusxa darslik va metodik qo‘llanmalarning hozirgacha 3 million 446 ming 727 nusxasi yetib kelgan va maktablarga tarqatilmoqda. Darsliklar barcha o‘quvchilarga bepul ijara asosida taqdim etiladi.
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida “Raqamli kutubxona” platformasi orqali darsliklar harakati to‘liq raqamlashtirilgan. Maktab kutubxonachilari uchun esa platformadan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha doimiy o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi seminar avgust oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

